Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 300 million AQSH dollari ajratadi

15:50 27 Iyul 2018 Iqtisodiyot
206 0
Foto: uza.uz

Bugun Moliya vazirligida “Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi” loyihasini amalga oshirish doirasida 300 mln. AQSH dollari miqdorida zayom Bitimi imzolandi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bitim O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan bitim OTBning O‘zbekistondagi Doimiy vakolatxonasining rahbari vazifasini bajaruvchi Sindi Malvichini tomonidan imzolandi.

O‘zaro muloqot chog‘ida Sindi Malvichini OTB rahbari va a’zolari nomidan O‘zbekiston Hukumatiga o‘z hurmat va ehtiromini izhor etdi.

U mamlakatning iqtisodiy boshqaruvini takomillashtirish, barqaror investitsion muhitni yaratish va iqtisodiyotda xususiy sektorning ishtirokini oshirishga intilishiga qaratilgan tadbirlar O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning asosiy istiqbolli yo‘nalishlari bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?