Osiyo ot sporti federatsiya Bosh Assambleyasining bu yilgi konferensiyasi Toshkentda boʻlib oʻtadi

18:17 09 Sentyabr 2018 Sport
259 0
Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”.

Xabar berganimizdek, ayni paytda “Allyur“ ot sporti klubida Ot sportining toʻsiqlardan sakrash (konkur) turi boʻyicha Jahon kubogining final bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Unda yurtimiz va xorijiy davlatlarning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Tadbir mehmonlaridan biri, Osiyo ot sporti federatsiyasi prezidenti Hamad bin Abdulrahmon al-Attiya janoblari “Xalq soʻzi“ uchun eksklyuziv intervyu berdi.

- Sizga bir xushxabar aytmoqchiman. Osiyo ot sporti federatsiya Bosh Assambleyasining bu yilgi konferensiyasini Toshkentda oʻtkazishga qaror qildik, -deydi u. - Unda nafaqat federatsiya vakillari, balki 45 davlatning ot sportiga masʼul vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirok etib, Oʻzbekistonda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishadilar. Maqsadimiz Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagina emas, balki Osiyoda ot sporti rivojlangan markazlardan biriga aylantirishga har tomonlama koʻmaklashishdir.

Suhbatning toʻliq varianti bilan tanishmoqchi boʻlsangiz, saytimizni kuzatib boring.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?