Osiyo o‘yinlarini futbolchilarimiz boshlab berishadi

15:04 26 Iyul 2018 Sport
231 0
Foto: MOQ

Yana bir necha kundan so‘ng Jakartada Osiyo o‘yinlari start oladi. Turgan gapki, sport turlari ichida, ayniqsa, futbol bo‘yicha bahslarga qiziqish yuqori darajada bo‘ladi.

Oldinroq ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan futbolchilarimiz ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Terma jamoamiz musobaqada “B” guruhidan joy olgan. Guruh bosqichida Ravshan Haydarov shogirdlariga Tailand, Bangladesh va Qatar terma jamoalari raqib bo‘ladi.

Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi (INASGOC) bugun futbol bo‘yicha guruh bosqichi uchrashuvlari taqvimini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 14 avgust kuni birinchi tur doirasida Bangladesh terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

E’tiboringizga terma jamoamizning guruh bosqichidagi uchrashuvlari sanasi va vaqtini ma’lum qilamiz:

14 avgust, 1-tur:
O‘zbekiston – Bangladesh
Jakarta. “Pakansari” stadioni
Boshlanish vaqti: 14:00

16 avgust, 2-tur:
Qatar – O‘zbekiston
Jakarta. “Pakansari” stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00

19 avgust, 3-tur:
Tailand – O‘zbekiston
Jakarta. “Pakansari” stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00

Izoh: O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Eslatib o‘tamiz, XVIII Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi Jakartadagi “Gelora Bung Karno Stadium”da 18 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 18:08(Toshkent vaqti bilan – 16:08) da boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?