Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana ikkita medalni qo‘lga kiritdi

17:20 20 Avgust 2018 Sport
271 0
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Taekvondo bahslarida ishtirokini boshlagan vakillarimiz ikkita medalga sazovor bo‘lishdi.

-67 kg vazn toifasida qizlar o‘rtasida musobaqada ishtirok etgan Nigora Tursunqulova yarim finalga qadar yetib borib, final yo‘llanmasi uchun koreyalik Kim Jandiga qarshi jang olib bordi va 4:14 hisobida mag‘lub bo‘ldi va bronza medali bilan kifoyalandi.

Erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida Niyoz Po‘latov yarim finalda eronlik Ashur Zoda Farzonni ham mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega chiqqandi. Niyoz finalda janubiy koreyalik raqibiga Kim Te Hunga mag‘lub bo‘lib kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasining musobaqada qo‘lga kiritgan medallari soni 6taga yetdi. 1ta oltin, 2ta kumush, 3ta bronza. Medallar jamg‘arish bo‘yicha terma jamoalar reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 8-o‘rindan joy olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?