Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik bokschilar tarkibi ma’lum bo‘ldi

10:53 18 Iyul 2018 Sport
457 0
Foto: MOQ

Jakartada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida qaysi bokschilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishi aniq bo‘ldi.

Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov ushbu musobaqada ishtirok etmasligi oydinlashdi.

Boks federatsiyasidagi manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-49kg: Hasanboy Do‘smatov

-52kg: Jasurbek Latipov

-56kg: Miraziz Mirzahalilov

-60kg: Shunqor Abdurasulov

-64kg: Iqboljon Xoldorov

-69kg: Mahmud G‘oipov

-75kg: Isroil Madrimov

Ma’lumot uchun, bu yilgi o‘yinlar uchun vaznlar qisqartirilgan. -81kg, -91kg va +91 kg vazn toifalarida janglar o‘tkazilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari Indoneziyada bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 18 avgust kuni start oladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?