Osiyo oʻyinlari. Uchta vaznda 4 oʻzbekistonlik kurashchi finalga chiqdi

17:33 28 Avgust 2018 Sport
306 0

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining kurash bahslarida dstlabki uch vazn toifasi finalchilari maʼlum boʻldi. Unda oʻzbekistonlik toʻrt nafar sportchi qatnashadi.

-66 kg vazn toifasidagi oʻzbekistonlik ikki kurashchi yarim final bahslarini muvaffaqiyatli oʻtkazib, Osiyo oʻyinlari finaliga yoʻl oldi.

Dastlab Ruslan Boʻriyev xitoy taypeyilik Chan Xaochengga qarshi gilamga chiqib, yonbosh bahosi ustunligi (5:0) bilan gʻalaba qozongan boʻlsa. Ikkinchi yarim finalda esa Maʼruf Gʻaybulloyev eronlik Ganbari Ganbaralini taslim etdi halol baho (10:0) evaziga magʻlubiyatga uchratdi.

Endi Gʻaybulloyev va Boʻriyev oltin medal uchun oʻzaro bellashadi. Bu esa Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobi bir oltin va bir kumush medal bilan boyishini anglatadi.

+90 kg vazn toifasida esa Muhsin Hisomiddinov afgʻonistonlik Mansur Sarvari ustidan sof gʻalabaga (10:0) erishgan boʻlsa, shu vazn toifasidagi yana bir oʻzbekistonlik kurashchi Nurbek Toʻrayev esa yarim finalda Jafar Pahlavoniyjagarh bilan bellashdi. Ikkala sportchi ham umumiy hisobda bittadan yonbosh bahosiga ega boʻlgan boʻlsada, eronlik sportchi bu bahoni oʻz usul orqali qoʻlga kiritgani (oʻzbekistonlik sportchi raqibning ikki tanbeh bahosi bilan bu ochkolarni qoʻlga kiritgandi) uchun gʻalabaga ega boʻldi.

Shunday qilib, bu vaznda finalda Muhsin Hisomiddinov eronlik kurashchi bilan oltin medal uchun bellashadi.

Ayollar oʻrtasida Oysuluv Abdumajidova hindistonlik Balhara Pinkiga bitta ogohlantirish evaziga (0:3) yutqazib qoʻygan boʻlsa, Gulnor Sulaymonova hindistonlik Jadhav Malaprabhani qisqa muddatda halol baho (10:0) evaziga yutib final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?