Osiyo oʻyinlari. Svetlana Radzivil uch karra Osiyo oʻyinlari chempioni! U yana Nadya Doʻsanovani yengdi

20:15 29 Avgust 2018 Sport
383 0
Foto: MOQ

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarida yengil atletikaning balandlikka sakrash bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi oltin va kumush medal sohibiga aylandi.

Svetlana Radzivil 1,96 metrlik balandlikni zabt etib, 2010 yilda oʻzi oʻrnatgan Osiyo oʻyinlari rekordini yangiladi va ketma-ket uch karra oʻyinlar chempioni boʻldi. Bu safar uning raqibi xuddi 8 yil muqaddam Guangjoudagi Osiyo oʻyinlari singari Nadya Doʻsanova boʻldi. Doʻsanova bu safar 1,94 santimetrlik natijani qayd etib, oʻzining shaxsiy rekordini yangilay olgan boʻlsada, bu oltin medallar uchun yetarli boʻlmadi. Natijada Doʻsanova ikkinchi marta Osiyo oʻyinlarida kumush medal bilan kifoyalandi.

2014 yilgi musobaqalarda u bronza medali bilan kifoyalangandi.

Ushbu natijadan keyin Oʻzbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 45taga yetdi. 12ta oltin, 17ta kumush, 16ta bronza medaliga ega boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 7-oʻringa koʻtarilib oldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?