Osiyo oʻyinlari. Shunqor Abdurasulov kumush bilan kifoyalandi

13:30 01 Sentyabr 2018 Sport
328 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shahrida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalarida yana bir final jangi yakuniga yetdi.

-60kg vazn toifasida ringga chiqqan Shunqor Abdurasulov moʻgʻulistonlik Sendbaatar Yerdenebatga qarshi ringga chiqdi. Uch raund yakunlariga koʻra, 3:2 hisobida gʻalaba qozongan moʻgʻul bokschisi oltin, Abdurasulov kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Ayni vaqtda terma jamoamizning umumiy medallari soni 65taga yetdi. 17ta oltin, 23ta kumush, 25ta bronza medallari bilan ular reytingda 6-oʻringa koʻtarilib oldi.

Bugun yana uch nafar bokschilarimiz ringga chiqadi:
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Moʻgʻuliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozogʻiston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozogʻiston)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?