Osiyo oʻyinlari. Oʻzbekistonlik yana ikki bokschi yarim finalga chiqdi

12:56 29 Avgust 2018 Sport
216 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtayotgan yozgi Osiyo oʻyinlarida oʻzbekistonlik yana ikki nafar bokschi yarim final yoʻllanmasini.

-49 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan Hasanboy Doʻsmatov chorak finalda qirgʻizistonlik Mirlan Turkbay Uluni 5:0 (barcha hakamlarda 30:27) hisobida magʻlubiyatga uchratdi va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, -64kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov chorak finalda janubiy koreyalik Lim Hyun Sukni 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Bugungi kun dasturidan yana 2 nafar oʻzbekistonlik bokschi, -56kg vazn toifasida Miraziz Mirzaxalilov va -75kg vazn toifasida Isroil Madrimov ham yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun ringga chiqadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston delegatsiyasining jami qoʻlga kiritgan medallari soni 38tani tashkil qilmoqda. 9ta oltin, 15ta kumush, 14ta bronza medallariga ega boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 9-oʻrinda bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?