Osiyo oʻyinlari. Oʻzbekistonlik uch bokschi finalga chiqdi

14:41 31 Avgust 2018 Sport
412 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalarida uch nafar oʻzbekistonlik bokschi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Dastlab -52 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Latipov yarim final jangida qirgʻizistonlik Azat Usenaliyev qarshi ringga chiqib, 4-1 hisobida gʻalabaga erishgan boʻlsa, -60 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov yarim final jangida tailandlik Rujakran Juntrongni 5:0 hisobida yengib finalga chiqdi. Shuningdek -69 kg vaznda Bobo Usmon Baturov tailandlik Arde Saylomga qarshi ringga chiqib, 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Bugunning oʻzida yana 4 nafar oʻzbekistonlik bokschi finalga chiqish uchun jang qiladi. Jumladan, -49kg vazndagi Hasanboy Doʻsmatov, -56kg vaznda Miraziz Mirzaxalilov, -64kg vaznda Iqboljon Xoldorov, -75kg vazn toifasida esa Isroil Madrimov yarim final janglarida ishtirok etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?