Osiyo oʻyinlari. Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir medalga ega chiqdi

17:37 24 Avgust 2018 Sport
345 0

 

Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga oʻninchi kumush medal kelib tushdi.

Musobaqada velosport boʻyicha Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Murodjon Xolmurodov finalda 40 km masofani 57:10.52 daqiqada bosib oʻtdi va 16 ishtirokchi orasida ikkinchi natijani qayd etib, Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindoriga aylandi. Oltin medal qozogʻistonlik sportchi Aleksey Lutsenkoga nasib etdi, yaponiyalik Fumiyaki Beppu uchinchi oʻrinni egalladi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi medallarining umumiy soni 21taga yetdi. Ayni vaqtda oʻzbekistonliklar umumiy reytingda 4ta oltin, 10ta kumush va 7ta bronza bilan oʻninchi oʻrinda bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?