Osiyo oʻyinlari. Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir kumush medalga ega boʻldi

15:47 28 Avgust 2018 Sport
187 0
Foto: MOQ

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining badiiy gimnastika bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi kumush medal yozib qoʻyildi.

Badiiy gimnastika boʻyicha yakkalik bahslarida qatnashgan Sabina Toshkenboyeva 4 ta chiqishi orqali 65.850 ball toʻplab, Osiyo oʻyinlari kumush medaliga sazovor boʻldi. Birinchi oʻrin esa qozogʻistonlik Alina Adilxonovaga nasib etdi. U umumiy 66.800 natija bilan oltin medalga ega chiqdi. Yana bir oʻzbekistonlik sportchi Nuriniso Usmonova esa 65.400 koʻrsatkich bilan yakuniy jadvalning 4-pogʻonasidan oʻrin oldi.

Mazkur natija Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 32 taga yetishiga sabab boʻldi. 6ta oltin, 14ta kumush, 12ta esa bronza medallarini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston umumiy reytingda 11-oʻrindan joy olib turibdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?