Osiyo oʻyinlari. Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir bronza medalni qoʻlga kiritdi

10:55 26 Avgust 2018 Sport
312 0

Osiyo oʻyinlarida penchak silat boʻyicha -65 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Abdumalik Salimov bronza medali bilan taqdirlandi.

Salimov musobaqalarning yarim finaliga qadar yetib bordi va bu bosqichda indoneziyalik Pratama Iqbol Sandraga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Sportning bu turida uchinchi oʻrin uchun bahslar oʻtkazilmasligi sababli, Salimov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Ushbu medal Oʻzbekiston terma jamoasining Osiyo oʻyinlaridagi 23taga yetdi. 5 oltin, 10 kumush va 8ta bronza medallariga ega boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi umumiy reytingda 10-oʻrinda bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?