Osiyo oʻyinlari. Oʻzbekiston delegatsiyasi 24-medalni qoʻlga kiritdi

12:31 26 Avgust 2018 Sport
392 0

Osiyo oʻyinlarining karate musobaqasida -60 kg vazn toifasida jang qilgan oʻzbekistonlik Sadriddin Saymatov terma jamoa hisobiga navbatdagi medalni taqdim etdi.

21 yoshli Saymatov nimchorak finalda qozogʻistonlik Darxon Assadilov ustidan 8:0, chorak finalda saudiyalik Sulton Jamal Alzahroniyni 3:1 hisobida magʻlub etib yarim finalga chiqqandi. Ammo yarim finalda u eronlik 28 yoshli Amir Mahdizodaga 6:7 hisobida yutqazib qoʻygandi.

Saymatov uchinchi oʻrin uchun boʻlib utgan toʻqnashuvda vyetnamlik Hai Nguen ustidan yirik 8:1 hisobi bilan gʻalabaga erishdi va bronza medaliga ega chiqdi.

Natijada Oʻzbekiston terma jamoasining Osiyo oʻyinlaridagi medallari soni 24taga yetdi. 5 oltin, 10 kumush va 9ta bronza medallariga ega boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi umumiy reytingda 10-oʻrinda bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?