Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston birinchi kunda 3ta medalga ega chiqdi


19 avgust kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida 18-Osiyo o‘yinlarining asosiy sport musobaqalariga start berildi.
Sportning 7 turida ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari yakunda 3 medalga, 1 oltin va 2 bronzaga ega bo‘lishdi. Bu medallarning barchasi erkin kurash jamoasi a’zolari tomonidan keltirildi: Bekzod Abdurahmonov (74 kg) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Magomed Ibragimov (97 kg) va Sirojiddin Hasanov (65 kg) bronza medallarga sazovor bo‘lishdi.
Akademik eshkak eshish, suzish va qilichbozlik turlarida shu kuni o‘zbekistonlik sportchilar medallarni qo‘lga kirita olishmadi.
Tennischilar esa birinchi raunddan o‘tishdi - Oqgul Omonmurodova va Sanjar Fayziyev juftligi musobaqani g‘alaba bilan boshladi. O‘zbekistonlik tennischilar juftligi Shri-Lanka terma jamoasi a’zolari Dissanayaki/Kireraga qarshi kortga chiqib, 6:4, 6:3 hisobida zafar quchishdi.
Iroda To‘laganova va Farrux Do‘stovdan tarkib topgan aralash juftlik esa Xitoy Taypeyi tennischilari Chang/Xsiyex tandemiga mag‘lub bo‘lishdi - 1:6, 4:6.
Futbol bo‘yicha olimpiya terma jamoasi esa guruh bahsining uchinchi turida Tailand termasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi va guruhda 100 foizlik natija qayd etgan holda nimchorak finalga yo‘l oldi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: