Osiyo oʻyinlari. Omadoy Otaqoʻziyeva ogʻir atletikada kumush medal sohibi boʻldi

14:20 26 Avgust 2018 Sport
359 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtayotgan XVIII Osiyo oʻyinlarining ogʻir atletika musobaqalarida ishtirok ettgan Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi Omadoy Otaqoʻziyeva kumush medal sohibiga aylandi.

-75 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Otaqoʻziyeva dast koʻtarishda 101 kg, siltab koʻtarish bahslarida esa 136 kg, jami 237 kg natijani qayd etgan holda ikkinchi boʻldi. Birinchi oʻrin shimoliy koreyalik Rim Jong Simga nasib etdi, u 263 kg (116+147) natija koʻrsatdi. Uchinchi oʻrinni 236 kg (106+130) natija bilan janubiy koreyalik Min Hi Mun egalladi.

Ushbu natija Oʻzbekiston sport delegatsiyasi hisobidagi medallar sonini 25taga yetishiga sabab boʻldi. 5ta oltin, 11ta kumush va 9ta bronza medallariga ega boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi umumiy reytingda 10-oʻrindan joy olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?