Osiyo oʻyinlari. Kurashda navbatdagi oltin qoʻlga kiritildi

17:03 29 Avgust 2018 Sport
189 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining oʻzbek kurashi bahslarida Oʻzbekiston terma Oʻzbekiston Osiyo oʻyinlarida oʻzbek milliy kurashi yana bir oltin medalni qoʻlga kiritdi.

- 63kg vazn toifasida Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan Dildor Shermetova oltin medal uchun finalda moʻgʻilistonlik Bayarbat Basanjargalga qarshi bahsda gʻalaba qozonib, Osiyo oʻyinlarining oltin medaliga sazovor boʻldi.

Shu vazn toifasidagi Muxlisa Abdumalikova yarim finalda aynan moʻgʻilistonlik sportchiga qarshi gilamga chiqib, yutqazib qoʻygan va turnirning bronza medali bilan taqdirlangandi.

Shuningdek, -81 kg vazn toifasidagi Sarvar Shomurodov yarim finalda eronlik Ilyos Ali Akbariga qarshi gilamga chiqib, raqibga qarshi bahsda yutqazib qoʻydi va bronza medal bilan kifoyalanadigan boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, 28 avgust kuni Oʻzbekiston kurash jamoasi 3 vazn toifasida oltin medalga egalik qilgandi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni endilikda 11tani tashkil qilmoqda. Jami 42ta medal (15 kumush va 16ta bronza) qoʻlga kiritgan delegatsiyamiz vakillari umumjamoa hisobida 8-oʻrinda bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?