Osiyo oʻyinlari. Isroil Oʻzbekistonga boksda 5, umumiy 20-oltin medalni keltirdi

14:57 01 Sentyabr 2018 Sport
661 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shahrida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalarida yana bir final jangi yakuniga yetdi.

-75 kg vazn toifasida ringga chiqqan Isroil Madrimov qozogʻistonlik Abilxan Amankulga qarshi ringga 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Natijada Madrimov Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalarida Oʻzbekiston uchun beshinchi oltin medalni keltirdi.

Mazkur oltin medal Oʻzbekiston terma jamoasi uchun umumiy 20-oltin medal boʻldi. Ayni vaqtda terma jamoamizning umumiy medallari soni 68taga yetdi. 20ta oltin, 23ta kumush, 25ta bronza medallari bilan ular reytingda 5-oʻringa mustahkam joylashib oldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir”

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari bilan keng muhokama qilinib, “Xalq soʻzi” gazetasi hamkorligida tayyorlangan “Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir” deb nomlangan risola “Zamin Nashr” nashriyoti tomonidan 1000 nusxada chop etildi.

19 Yanvar 2019