Osiyo oʻyinlari. Iqboljon Xoldorov uchinchi oltinni keltirdi

13:56 01 Sentyabr 2018 Sport
167 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shahrida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalarida yana bir final jangi yakuniga yetdi.

-64 kg vazn toifasida ringga chiqqan Iqboljon Xoldorov moʻgʻilistonlik Chinzorig Baatarsuxga qarshi ringga chiqdi. Hakamlarning barchasi Iqbol gʻalabasini qayd etdi va tabloda 5:0 hisobi porladi. Natijada Xoldorov Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalarida Oʻzbekiston uchun uchinchi oltin medalni keltirdi.

Ayni vaqtda terma jamoamizning umumiy medallari soni 66taga yetdi. 18ta oltin, 23ta kumush, 25ta bronza medallari bilan ular reytingda 6-oʻringa joylashdi.

Bugun yana ikki nafar bokschilarimiz ringga chiqadi:

-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozogʻiston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozogʻiston)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?