Osiyo oʻyinlari. Ikkitta jang bitta oltin, bitta kumush

12:46 01 Sentyabr 2018 Sport
443 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shahrida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalarida ikkita final jangi yakuniga yetdi.

-49 kg vazn toifasida Hasanboy Doʻsmatov finalda hindistonlik Amitga qarshi ringga chiqdi. Murosasiz kechgan jangda hindistonlik bokschi 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.

-52 kgda esa Jasurbek Latipov filippinlik Rogen Ladonga qarshi ringga chiqdi va ikkinchi raundning 22 soniyasi oʻtayotgani jarohat olib, jangni davom ettira olmadi. Natijada birinchi raunddagi ustunlik evaziga Latipov 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalarida Oʻzbekiston uchun dastlabki oltin medalni keltirdi.

Ayni vaqtda terma jamoamizning umumiy medallari soni 63taga yetdi. 16ta oltin, 22ta kumush, 25ta bronza medallari bilan ular reytingda 7-oʻrinda bormoqda.

Bugun yana besh nafar bokschilarimiz ringga chiqadi:

-56kg: Miraziz Mirzahalilov - Xyo Nam Jo (Shimoliy Koreya)

-60kg: Shunqor Abdurasulov - Tsendbaatar Yerdenebat (Moʻgʻuliston)

-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Moʻgʻuliston)

-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozogʻiston)

-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozogʻiston)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?