Osiyo oʻyinlari. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi chorak finalda yurishni toʻxtatdi

16:44 27 Avgust 2018 Sport
550 0
Foto: MOQ

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarida futbol musobaqalari Oʻzbekiston terma jamoasi chorak final uchrashuvini oʻtkazdi.

Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi ikki bora hisobda ortda qolishiga qaramasdan farqni yoʻqqa chiqarishni, hattoki hisobda oldinga chiqib olishni ham uddalagandi. Ammo asosiy vaqtda Rustam Ashurmatov tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato sabab, hisob tenglashdi.

Asosiyda vaqtda gʻolib aniqlanmagach, 15 daqiqadan ikkita ekstra-taymlar belgilandi. Ularning birinchisida Ikrom Aliboyev ikkinchi sariq kartochkasini olib, Oʻzbekistonning 10 kishi boʻlib qolishiga sababchi boʻldi. Qoʻshimcha boʻlimlarning soʻngida Ashurmatov endi qoʻpollik ishlatib, penalti belgilanishiga sababchi boʻldi. Penaltidan esa He Chang Hvang unumli foydalanib jamoasiga muhim gʻalabani keltirdi.

Osiyo oʻyinlari-2018, 1/4 final

Oʻzbekiston OTJ - Janubiy Koreya OTJ 3:4 (1:2, 2:1, 0:0, 0:1)

Gol: Jaloliddin Masharipov (17), Ikrom Aliboyev (53, 56) - Hvang (5, 35, 75), He Chang Hvang (118, penalti).

Chetlatish: Ikrom Aliboyev (101).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?