Osiyo o‘yinlari doirasidagi O‘zbekiston-Qatar uchrashuvi “Sport” telekanali orqali jonli translyatsiya qilinadi

16:39 16 Avgust 2018 Sport
344 0
Foto: MOQ

Futbol bo‘yicha Osiyo o‘yinlari doirasidagi navbatdagi 2-tur uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Qatar olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Telekanal direktori Zohid Karimov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Osiyo o‘yinlarining translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan.

Ana shu kelishuvning debochasi sifatida futbol uchrashuvi bugun telekanal orqali jonli efirda namoyish etiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?