Osiyo o‘yinlari. Davit Modzmanashvili O‘zbekistonga yettinchi medalni taqdim etdi

09:28 21 Avgust 2018 Sport
372 0

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi uchun navbatdagi medalni erkin kurashchimiz qo‘lga kiritdi.

-125kg vazn toifasida bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Davit Modzmanashvili musobaqa davomida Indoneziya, Mo‘g‘uliston vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Final chiptasi uchun kechgan bahsda esa eronlik kuchli raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun o‘tkazilgan jangda esa hindistonlik raqibi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

Ushbu medal O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun mazkur Osiyo o‘yinlaridagi yettinchisi bo‘ldi. Ayni paytda sportchilarimiz tomonidan 1ta oltin, 2ta kumush va 4ta bronza medali qo‘lga kiritilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?