Osiyo oʻyinlari. Boksda ikkinchi oltin qoʻlga kiritildi

13:05 01 Sentyabr 2018 Sport
221 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shahrida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalarida yana bir final jangi yakuniga yetdi.

-56 kg vazn toifasida ringga chiqqan Miraziz Mirzaxalilov shimoliy koreyalik qarshi ringga chiqdi va uchinchi raundda raqib jarohat olib, jangni davom ettira olmadi. Natijada ikki raunddagi ustunlik evaziga Mirzaxalilov gʻalaba qozonib, Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalarida Oʻzbekiston uchun ikkinchi oltin medalni keltirdi.

Ayni vaqtda terma jamoamizning umumiy medallari soni 64taga yetdi. 17ta oltin, 22ta kumush, 25ta bronza medallari bilan ular reytingda 6-oʻringa koʻtarilib oldi.

Bugun yana toʻrt nafar bokschilarimiz ringga chiqadi:

-60kg: Shunqor Abdurasulov - Tsendbaatar Yerdenebat (Moʻgʻuliston)

-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Moʻgʻuliston)

-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozogʻiston)

-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozogʻiston)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?