Osiyo oʻyinlari. Bobo Usmon Oʻzbekistonni umumiy reytingda 5-oʻringa olib chiqdi

14:25 01 Sentyabr 2018 Sport
578 0

 

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shahrida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalarida yana bir final jangi yakuniga yetdi.

-69 kg vazn toifasida ringga chiqqan Bobo Usmon Baturov qozogʻistonlik Aslanbek Shimbergenovga qarshi ringga 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Natijada Baturov Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalarida Oʻzbekiston uchun toʻrtinchi oltin medalni keltirdi.

Aynan mana shu oltin Oʻzbekiston terma jamoasining medallar jamgʻarmasi boʻyicha reytingda 5-oʻringa koʻtarilib olishiga zamin yaratdi. Ayni vaqtda terma jamoamizning umumiy medallari soni 67taga yetdi. 19ta oltin, 23ta kumush, 25ta bronza medallari bilan ular reytingda Eronni ham quvib oʻtishdi.

Bugun yana bir nafar bokschimiz ringga chiqadi. Unda -75kg vazn toifasida Isroil Madrimov Abilxan Amankulga (Qozogʻiston) qarshi ringga koʻtariladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019