Osiyo oʻyinlari-2018. Kurashda yana ikkita oltin medal qoʻlga kiritildi

16:18 30 Avgust 2018 Sport
297 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining kurash musobaqalarida Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir oltin medalga ega chiqdi.

Qizlar oʻrtasida -78 kg vaznda kurashgan Kumush Yuldasheva finalda Munxtsetseg Otgonga qarshi gilamga chiqib bahs tugashiga 10 soniya qolganda sof gʻalabaga erishdi va Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga 14-oltin medalni taqdim etdi.

-90 kg vazn toifasida esa ikki nafar oʻzbekistonlik sportchilar oltin va kumush medal uchun kurash olib bordi. Yakunda Shermuhammad Jandreyev bitta yonbosh baosi ustunligi evaziga Yahyo Imomovni magʻlub etib, musobaqaning bosh sovriniga ega chiqdi.

Ayni vaqtda Oʻzbekiston terma jamoasi 15ta oltin, 19ta kumush va 18ta bronza medalini qoʻlga kiritgan holda, umumiy reytingda 6-oʻringa koʻtarilib oldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?