Osiyo Kubogining 1/8 final juftliklari maʼlum boʻldi

11:53 18 Yanvar 2019 Sport
414 0

Futbol boʻyicha Osiyo kubogining pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan barcha jamoalar nomi maʼlum boʻldi. Endi 16 terma jamoa 8 juftlikka boʻlingan holda nimchorak finalda oʻzaro kuch sinashadi. Musobaqaning nimchorak finali uchrashuvlari 20-22 yanvar kunlari boʻlib oʻtadi.

Unda Eron termasi Ummon bilan bahsga kirishsa, Qatar terma jamoasi Iroq termasi bilan jang qiladi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichining soʻnggi uchrashuvida Yaponiyaga kichik hisobda yutqazdi (1:2). Ektor Kuper shogirdlari 1/4 finali uchun Avstraliya bilan bellashadi. Oʻyin 21 yanvar kuni boʻlib oʻtadi.

Osiyo Kubogi—2019
1/8 final juftliklari

20 yanvar, yakshanba

Iordaniya—Vyetnam 16:00
Tailand—Xitoy 19:00
Eron—Ummon 22:00

21 yanvar, dushanba

Yaponiya—Saudiya Arabistoni 16:00
Avstraliya—Oʻzbekiston 19:00
BAA—Qirgʻiziston 22:00

22 yanvar, seshanba
Janubiy Koreya—Bahrayn 18:00
Qatar—Iroq 21:00


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?