Osiyo Kubogida besh nafar hakamlarimiz faoliyat olib borishadi

16:59 05 Dekabr 2018 Sport
166 0

Yana roppa-rosa bir oydan keyin Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi musobaqasi boshlanadi. Mazkur musobaqada rekord darajadagi hakamlar guruhi ish olib boradi. Jumladan, OFK ushbu musobaqaga 5ta hududiga kiruvchi jami 19ta mamlakatdan 60 nafar hakamni taklif qildi. Shulardan 30 nafar bosh hakamlar boʻlsa, yana 30 nafari referi assistentlaridir.

Oʻzbekistondan Osiyo Kubogida quyidagi hakamlar ishlashga taklif etilgan:

Ravshan Ermatov (Bosh hakam)

Valentin Kovalenko (Bosh hakam)

Ilgiz Tantashev (Bosh hakam)

Jahongir Saidov (Yordamchi hakam)

Abduhamidullo Rasulov (Yordamchi hakam)

Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy saytida taʼkidlanishicha, mazkur hakamlar murakkab sinovlar orqali tanlab olingan. Ularning bilimlari, oʻyinni boshqarish qobiliyatlari, jismoniy tayyorgarliklari jiddiy ravishda tekshirilgan. Mazkur rasmiy shaxslar musobaqa davomida turli vazifalarni bajarishadi: oʻyinni boshqarishdan tortib, zaxira hakami, shuningdek, VAR tizimi boʻyicha yordamchi hakam vazifalarini bajarishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?