Osiyo kubogi chempionligiga asosiy daʼvogar jamoalar nomi eʼlon qilindi

14:27 04 Yanvar 2019 Sport
622 0

Ertaga futbol boʻyicha Osiyo kubogi bahslari boshlanadi. Musobaqaning dastlabki uchrashuvida BAA - Bahrayn terma jamoalari bahslashadi. Turnir avvalida weglobalfootball.com sayti qaysi jamoa chempion boʻlishini bashorat qildi. Sayt versiyasiga koʻra, ushbu musobaqada gʻoliblikka acosiy daʼvogar Avstraliya terma jamoasi boʻladi. Weglobalfootball.com Avstraliyaning imkoniyatlarini 24,1 foizga baholadi.

Foto: Weglobalfootball.com

Bu borada keyingi oʻrinlarni Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni kabi termalar egallab turibdi. Oʻzbekiston terma jamoasining chempion boʻlish imkoniyati 1,4 foizga taxmin qilingan. KXDR, Filippin, Yaman va Turkmaniston esa umuman ovoz yigʻmadi. Ushbu sayt versiyasiga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi guruhdan ikkinchi oʻrinni egallab keyingi bosqichga yoʻl oladi.

Foto: Weglobalfootball.com

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?