O’shda O’zbekiston – Qirg’iziston qo’shma korxonasi ochildi

19:10 26 Aprel 2018 Iqtisodiyot
1193 0
Foto: pintaram.com

Qirg’izistonning O’sh shahrida “Imzo” O’zbekiston — Qirg’iziston qo’shma sanoat korxonasi ochilish marosimi bo’lib o’tdi. 

“Jahon” AAning yozishicha, tadbirda O’sh shahar meri Aytmamat Kadirbaev metalloplastik oyna va eshiklar ishlab chiqariladigan mazkur qo’shma sanoat korxonasining ochilishi O’zbekiston hamda Qirg’iziston davlat rahbarlarining ikki mamlakat o’rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va biznes muhitni mustahkamlash bo’yicha siyosiy irodasi hamda birgalikdagi sa’y-harakatlari sharofati bilan amalga oshdi.  

— Hamkorlikka oid belgilangan dastur doirasida Qirg’iziston va O’zbekiston xalqlari manfaatlariga to’g’ri keladigan qo’shma korxonalarni ochish bo’yicha ishlar davom ettiriladi, — dedi u. — Oddiy odamlar juda xursand va Prezident Shavkat Mirziyoevning qo’shnilar bilan munosabati bo’yicha siyosati haqida katta umid bilan gapirmoqda. O’zbekiston hayotidagi barcha sohalar va o’zbek-qirg’iz aloqalarida so’nggi paytlarda ro’y berayotgan keng miqyosdagi o’zgarishlar qo’shma loyihalarni amalga oshirishga ham ijobiy ta’sir ko’rsatayapti.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?