Ortiqxoʻjayev maktab bitiruvchisiga “Spark” sovgʻa qildi

21:04 20 Iyun 2020 Jamiyat
1496 0

Avvalroq, joriy yilning yanvar oyida Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi Mushtariy Razzoqova Oʻzbekiston Milliy Universitetining taekvondo fakultetiga talabalik safiga imtixonlarsiz qabul qilingan edi.

278-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Razzoqova Mushtariy Ali qizi oʻzining oʻqishda erishgan yutuqlari va aʼlo bilmlari uchun oltin medal sohibi boʻldi.

Bugun Toshkent shahar hokimiyatida oʻtkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida shahar hokimi J.Ortiqxoʻjayev tomonidan Mushtariyga “Spark” rusumli avtomobil sovgʻa qilindi.

2019 va 2020 oʻquv yillarida respublikamiz maktablarini tamomlagan oʻquvchilar orasida eng yuksak choʻqqilarga erishib “Spark” egasi boʻlgan yagona oʻquvchimiz tumanimiz faxri boʻlmish Mushtariyni Olmazor tumani hokimligi nomidan samimiy qutlaymiz. Kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilib qolamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?