“Orol”da madaniyat markazi ish boshladi

11:18 07 Sentyabr 2020 Madaniyat
242 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yana-da rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash borasida Andijon viloyatida ham bir qancha ishlar amalga oshirilyapti. Jumladan, Andijon tumani hokimligi madaniyat boʻlimiga qarashli “Orol” madaniyat markazi qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.

— Bu binoning foydalanishi birinchidan, hududdagi isteʼdod egalarini kashf etib, ularning sanʼatini rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchidan, aholining madaniy xordiq olishlari uchun imkoniyat yaratadi, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Matlubaxon Gʻaniyeva. — Qolaversa, farzandlarimiz oʻzlarining boʻsh vaqtlarida bu yerda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishlari mumkin.

Markazda 200 oʻrinli tomosha zali, 5 ta toʻgarak xonasi, 1 ta kutubxona mavjud boʻlib, hozirda “Nihol” bolalar folklor ansambli, 2 ta “Ashula” toʻgaragi faoliyat koʻrsatmoqda. 40 nafardan ortiq havaskorni qamrab olgan markazda kelgusida “Rassomchilik”, “Ashula”, “Rubob”, “Doira”, “Raqs”, “Zakovat klubi” kabi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilishi natijasida mashgʻulot ishtirokchilarining soni 400 nafarga yetishi koʻzda tutilgan.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?