Orolda 700 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etiladi

11:23 26 Dekabr 2019 Jamiyat
328 0

Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlari barpo etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Orol dengizining suvi qurigan tubida “yashil qoplamalar” barpo etish davom ettiriladi.

Shunga koʻra, 700 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etiladi.

“Yashil qoplamalar” barpo etish uchun, jumladan:

- oʻrmon xoʻjaliklaridan qoʻshimcha 1000 nafar xodim jalb etiladi;

- ishchilar oziq-ovqat va maxsus kiyim-kechaklar bilan taʼminlanadi;

- choʻl oʻsimliklari urugʻlari zaxirasini jamgʻarish va ekish uchun uzluksiz yetkazib beriladi;

- aviatsiya, aloqa va boshqa xizmatlar jalb etiladi.

Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ga koʻra, 3 ming gektar maydonda mahsuldor yaylovzorlar barpo etiladi.

Moʻynoq shahrini koʻkalamzorlashtirish uchun mos boʻlgan daraxt koʻchatlarini yetishtirish maqsadida Moʻynoq davlat oʻrmon xoʻjaligida 20 gektar maydonda koʻchatxona tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?