Orolboʻyi xotin-qizlari eʼtiborda

17:59 08 Iyul 2019 Madaniyat
180 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining oʻrinbosari, respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi E.Basitxonova Qoraqalpogʻiston Respublikasi xotin-qizlar qoʻmitalari faoliyati, joylarda xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, bir qator xayriya tadbirlarini oʻtkazdi.

Xususan, Beruniy tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda Ellikqalʼa, Toʻrtkoʻl va Beruniy tumanlari xotin-qizlarini qiynayotgan masalalarga eʼtibor qaratildi.

Shu kuni ogʻir sharoitda yashab kelgan, turar joyga muhtoj beruniylik xotin-qizlarga yangi turar joylar topshirildi.

Soʻngra Nukusda imkoniyati cheklangan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshidagi Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan nogironlik aravachalari va tibbiy reabilitatsiya vositalari topshirildi.

Hidoyat AHMEDOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?