Orol mintaqasi masalalari Parlamentlararo ittifoqning Assambleyasining 141-sessiyasida koʻrib chiqildi

14:32 18 Oktyabr 2019 Jamiyat
235 0

13–17-oktyabr kunlari Belgrad shahrida Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining 141-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Uning ishida jahonning 149 ta mamlakatidan 700 dan ziyod parlament aʼzolari ishtirok etdi. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar berdi.

Senator Oral Ataniyazova Oral Ataniyazova Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining sessiyasi doirasida oʻtkazilgan ayollar forumi ishtirokchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva nomidan qutladi. Uning “Oʻzbekistonning gender tengligi va salomatligi boʻyicha siyosati” mavzusidagi maʼruzasi forum ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi. Shuningdek, senator Parlament aʼzolari-ayollar kongressini Oʻzbekistonda oʻtkazish taklifini bildirdi.

Shuningdek, mamlakatimiz parlament delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning Salomatlik boʻyicha ishchi guruhi 23-sessiyasida ham qatnashdi. 2030-yilga kelib aholini sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan toʻliq qamrab olish masalasi muhokamasi anjumanning asosiy mavzularidan biri boʻldi. Shu maqsadda Parlamentlararo ittifoqning “2030-yilga kelib aholini sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan toʻliq qamrab olish maqsadiga erishish: salomatlikka oid huquqni taʼminlashda parlamentlarning roli” rezolyutsiyasi tayyorlandi. Sessiya doirasida 5 milliondan ziyod xotin-qiz va bolalar yashaydigan hamda jahonning eng ekologik tang mintaqalaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Orol mintaqasi muammolarini hal etish masalalarini ham Parlamentlararo ittifoqning rezolyutsiyasiga kiritish taklifi ilgari surildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?