“Orol artemiya sanoat” DUK tashkil etildi

20:59 13 Iyul 2020 Hujjatlar
339 0

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoat” davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Moʻynoq tumani hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoat” DUK tashkil etildi.

“Orol artemiya sanoat” DUKning asosiy vazifalaridan biri artemiya sistasini ovlash va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ushbu sohada ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport faoliyatini amalga oshirish hisoblanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi “Orol artemiya sanoat” DUKning muassisi hisoblanadi.

Shuningdek, qaror bilan “Orol artemiya sanoat” DUKning boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 11 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi tasdiqlandi.

Eslatib oʻtamiz, artemiya sistalari noyob jonzod hisoblanib, ulardan olingan mahsulotlar asosan akvamadaniyat sanoatida, agrosanoat kompleksida, farmatsevtika, meditsina va kosmetologiyada keng qoʻllaniladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?