”Oʻrikzor” bozori sobiq rahbarining antikvar mashinalari yarim milliard soʻmga savdoga qoʻyildi... (mi?)

13:45 11 Aprel 2019 Jamiyat
374 0

“E-IJRO AUKSION” Elektron savdo maydonchasida narxi yarim milliard soʻmdan yuqori baholangan 3 ta avtomobil ochiq auksionga qoʻyildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi. Auksion joriy yilning 19 aprel sanasida boʻlib oʻtishi belgilangan.

Auksionga qoʻyilgan avtomobillar odatda shaxsiy kolleksiya uchun yigʻiladigan tarixiy (antikvar) ulovlar sirasiga kiradi. Ular 648 483 546 soʻmlik M-103 rusumli avtomobil va narxi 527 593 963 soʻm koʻrsatilgan BMW 511 hamda 600 217 528 soʻm baholanayotgan TRIUMPH rusumli avtomobillar ochiq auksionda sotilishi kutilmoqda.

Mazkur avtomobillar xatlangan mol-mulk boʻlib, ishonchli manbalar ularning haqiqiy egasi sobiq “Oʻrikzor” dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli ekani aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bundan avvalroq Dmitriy Limga tegishli boʻlgan Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv boʻyida joylashgan koʻchmas mulk obyekti ham savdoga qoʻyilgani haqida maʼlumot bergan edik.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?