Orif Boʻtayev “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi etib tayinlandi

14:48 11 Fevral 2020 Iqtisodiyot
237 0

Orif Boʻtayev Aliboyevich “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi Raisi etib tayinlandi. Bu haqda Bank axborot xizmati xabar berdi.

Shu kungacha O.Boʻtayev “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O.Boʻtayev 1983-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini – “Bank ishi”, 2012-yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura boʻlimini –“Investitsiyalarni boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?