Organizmda COVID-19ning alomatlarsiz kechishi nimaga bogʻliq ekanligi maʼlum boʻldi

12:11 27 Oktyabr 2020 Dunyo
425 0

COVID-19ning alomatlarsiz shakli yaxshi immunitet bilan emas, balki organizmning xastalik qoʻzgʻatuvchilarini taniy olmasligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Bu haqda “Izvestiya” nashri bilan suhbat davomida Buyuk Pyotr nomidagi Sant-Peterburg politexnika universiteti qoshidagi Biotibbiy tizimlar va biotexnologiyalar instituti direktori Andrey Vasin maʼlum qildi.

Uning taʼkidlanishicha, Rossiyada ham kasallikning belgilarsiz rivojlanishining uchta holati allaqachon roʻyxatga olingan. Ushbu bemorlarda hech qanday alomat kuzatilmagan, ammo virusning organizmda mavjudligi uzoq vaqt davom etgan.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, shunga oʻxshash hodisa avvalroq sil kasalligi uchun tavsiflangan, zero, ushbu xastalikda ham bemorlarning aksariyati biron-bir alomatlarsiz infeksiya tashuvchisi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?