Organik paxta nimasi bilan afzal?

11:34 17 Oktyabr 2019 Jamiyat
124 0

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Joriy yilda Chinoz paxta toʻqimachilik ishlab chiqarish klasterida mamlakatimizda birinchi marotaba organik paxta yetishtirilganidan xabaringiz bor, albatta. Xoʻsh, mazkur usulda parvarishlangan paxta odatdagidan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi? U qanday afzalliklarga ega?

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Ushbu savollarga yaqinda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hamda “Textile technologies group” MCHJ xorijiy korxonasi hamkorligida tashkil etilgan press-tur davomida javob topishga harakat qildik.

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

— Organik paxta jahon boʻyicha ham keng yetishtiriladi, — deydi klaster mutaxassisi Tursunboy Komilov. — Mamlakatimiz uchun esa shu paytgacha yangilik edi. OʻzFA olimlari va xorijlik mutaxassislar hamkorlikda ushbu yangilikka Chinoz tumanida qoʻl urilgani diqqatga sazovordir. Buning uchun 217 gektar maydondagi paxpa parvarishi uchun kimyoviy va mineral oʻgʻitlar oʻrniga biomahsulotlar ishlatildi. Kutilgan natija esa aʼlo darajada boʻldi. Hosildorlik ham yuqori, har bir gektaridan 30 sentnerdan hosil olinmoqda.

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Organik paxta chigitidan, hatto, ekologik toza yogʻ olish imkoniyati ham mavjud. Eng muhimi, shu oyda organik paxtamiz xalqaro ekologik talablarga toʻliq javob berishi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻldi. Endi mahsulotni jahon va Yevropa bozoriga eksport qilish imkoniyati vujudga keldi.

Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”

Press-tur tur doirasida “Textile technologies group” masʼuliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasiga bordi va u yerdagi jarayon bilan tanishdik.

Фото: Динара Чиркова, «Халқ сўзи»

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, mazkur jamiyat 2013-yildan boshlab oʻz ishlab chiqarishga kirishgan. Asosiy faoliyati ip-kalava tayyorlashga ixtisoslashtirilgan korxonaning yillik quvvati 5400 tonna. Ular Xitoy, Turkiya, Eron, Koreya, Rossiya, Belarus va Qirgʻizistonga eksport qilinmoqda.

Dilshod ULUGʻMURODOV
(“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?