Oʻraladigan TV-ekran yaratildi

15:08 05 Yanvar 2019 Dunyo
345 0

AQSHning patent va savdo markalari boʻyicha boshqarmasi yigʻilib-ochiladigan ekranli qurilma yaratilganini eʼlon qildi. Bu haqda MIR 24 telekanali xabar berdi.

Gap Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bukiluvchan televizor xususida ketyapti. Bunday ekran 2019 yilga kelib reallikka aylanishi aytilmoqda. Ayni paytda LG ham aynan shu yoʻnalishda ish olib borayotir. Ushbu brend tomonidan 2018 yil CES 2018 koʻrgazmasida namoyish etilgan model pastga qarab buklansa, koreyslarniki xuddi akkordeon yoki qogʻoz kabi oʻraladi.

Ushbu qurilma shu yil 8-11 yanvar kunlari Las-Vegasda oʻtkaziladigan navbatdagi CES 2018 koʻrgazmasida koʻrsatiladi. LG esa xuddi shu forumda oʻz mahsulotining tijoriy namunasini taqdim qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019