Oradan uch yil o‘tib KXDRda yana amnistiya e’lon qilindi

18:35 16 Iyul 2018 Dunyo
301 0
Foto: iz.ru

KXDRda 9 sentyabr kuni KXDR tashkil topganining 70 yilligi nishonlanishi munosabati bilan amnistiya e’lon qilindi.

Bu haqda STAK agentligi xabar berdi. O‘z vatani va xalqiga qarshi jinoyat qilgan shaxslarga nisbatan bunday qaror mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlangan. U 1 avgustdan kuchga kiradi. Afv etiladigan mahbuslar soni oshkor etilmayapti. Oxirgi marta bunday hujjat uch yil oldin Koreya mehnat partiyasi tashkil topganining 70 yilligi munosabati bilan qabul qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?