Oʻquvchilarni maktabdan maktabga oʻtkazish tartibi takomillashtirildi

10:47 18 Fevral 2020 Jamiyat
169 0

Xalq taʼlimi vazirligining “Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi qabul qilindi.

Mazkur buyruq Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1028-son “Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Buyruq nodavlat umumtaʼlim tashkilotidan oʻqishini davlat umumtaʼlim muassasasiga koʻchirishga oid talablarni belgilab berdi.

Hujjatga koʻra, nodavlat umumtaʼlim tashkilotidan oʻqishini davlat umumtaʼlim muassasasiga koʻchirgan oʻquvchilarning ota-onalari oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga taʼlim oluvchilar safidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, oʻqiganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma hamda taʼlim oluvchining baholar (oʻzlashtirish) tabelini taqdim etilishi nazarda tutiladi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?