Oʻquvchilarni internetdan chalgʻitishning antiqa yoʻli topildi: ularga joʻjalar tarqatilmoqda

13:22 27 Noyabr 2019 Dunyo
286 0

Indoneziyada rasmiylar bolalarda internetga bogʻlanib qolish kasalligini tuzatishning antiqa yoʻlini topishdi. Ular oʻquvchilarga joʻjalar tarqatmoqda, deb yozadi NHK.

Gap shundaki, Yava oroli gʻarbidagi Bandung shahri rasmiylari mana shunday pilot loyihani ishga tushirishdi. Ular 12 ta mahalliy boshlangʻich va oʻrta maktablarga 2 mingta doʻmboq joʻja tarqatgan.

Shahar administratsiyasi ushbu loyiha sharofati bilan bolalar yangi doʻsti parvarishiga koʻproq eʼtibor qaratib, internet qarshisida kamroq vaqt oʻtkazishiga umid qilyapti.

Ayrim oʻquvchilar joʻjalar katta boʻlib, taomga aylanmaguncha boqishni istashayotganini bildirgan boʻlsa, boshqalari smartfonda oʻynash bundan koʻra qiziqroq ekanligini bildirgan.

Yanvar oyida Buyuk Britaniyadagi reklama agentligi Indoneziyada foydalanuvchilar kuniga 8,5 soat vaqtini internetga sarflashini maʼlum qilgandi. Bu mazkur yoʻnalishda dunyodagi beshinchi koʻrsatkichdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?