Oʻquvchilar oʻrtasida kimyo boʻyicha onlayn olimpiada oʻtkaziladi. 1-oʻringa 5 mln. soʻm beriladi

19:24 18 May 2020 Jamiyat
4958 0

Oʻzbekistonda kimyo sohasi rivojiga katta hissa qoʻshgan olim professor Tillayev Rahim Sodiqovich xotirasiga bagʻishlangan Respublika onlayn olimpiadasi oʻtkaziladi.

Unda gʻolib va sovrindorlar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Xususan,

- 1-oʻrin sohibi 5.000.000 soʻm va diplom;

- 2-oʻrin sohibi 3.000.000 soʻm va diplom;

- 3 — 10-oʻrin sohiblari 1.000.000 soʻmdan va diplom;

- barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Olimpiadada akademik litsey, kollej va 10-11-sinf oʻquvchilari, abituriyentlar hamda talabalar qatnashishi mumkin.

Olimpiadaning test savollari 25 ta boʻlib:

- 18 tasi oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim mavzulari;

- 5 tasi oliy taʼlim mavzulari;

- 2 tasi olim Tillayev R. S. hayoti va ijodi yuzasidan boʻladi.

Ishtirok etish niyatidagilar 25-maygacha moziy.edu.uz saytida roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. 

Onlayn olimpiada 30-may kuni soat 8:00 da boshlanadi. Jarayon borishi haqida batafsil maʼlumot berib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?