Oqtosh hududida 40 dan ortiq mehmon uyi faoliyat boshladi

11:41 29 May 2019 Jamiyat
343 0

Boʻstonliq tumanining Oqtosh hududida 40 dan ortiq mehmon uyi faoliyat boshladi. Natijada 80 ga yaqin ish oʻrinlari yaratildi.

Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti mutaxassislarining aytishicha, bu “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari, kreditlar ajratish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samarasidir.

Yil oxiriga qadar viloyatda mehmon uylari tashkil etish boʻyicha 182 reja belgilangan boʻlsa, ayni paytda ularning soni 100 tadan ortdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?