Oqto’beda yuz bergan YTH oqibatida ikki nafar O’zbekiston fuqarosi halok bo’ldi

10:05 06 Mart 2018 Jamiyat
418 0
Фото: xs.uz

 

Qozig’iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo’mitasining ma’lumotiga ko’ra, 2018 yil 5 mart kuni soat 10:50 da Qozog’iston Respublikasi Oqto’be viloyati Olke qishlog’i hududidan o’tuvchi “Samara — Chimkent” avtomobil yo’lining 778 km.da Toshkent — Sankt-Peterburg yo’nalishida harakatlanayotgan  davlat raqami D 432 ADA 04 “KAMAZ” yuk avtomobili bilan davlat raqami 505 198 RUS “Opel-Astra” engil avtomashinasining to’qnashuvi natijasida 2 nafar O’zbekiston Respublikasi fuqarosi halok bo’lgan.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Qozog’iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo’mitasi bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar natijasida O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsi aniqlandi.
Halok bo’lgan fuqarolar haqida ma’lumot:
1978 y.t. Isakov Zoxidjon Mansurovich (haydovchi, Andijon viloyati, Asaka tumani, “O’zbekiston” QFY, Do’rmon ko’chasi raqamsiz uyda yashagan).
1975 y.t. Yuldashev Kodirjon Komilovich (yo’lovchi, Andijon viloyati, Asaka tumani, “O’zbekiston” QFY, Do’rmon ko’chasi raqamsiz uyda yashagan).
Halok bo’lgan fuqarolarning jasadi Oqto’be shahar morgida saqlanmoqda.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Qozog’iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar Komiteti bilan hamkorlikda halok bo’lganlarning jasadlarini O’zbekiston Respublikasiga olib kelish va yaqin qarindoshlarini xabardor qilish bo’yicha tadbirlar olib borilmoqda.
Sodir bo’lgan hodisa yuzasidan Sizni qiziqtirgan ma’lumotlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyat ko’rsatayotgan (Q99871) 147-10-50 “Tezkor raqami”ga murojaat qilishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?