“Oqtepa lavash”ning 14 ta filiali yopildi (+video)

15:02 11 Iyun 2019 Jamiyat
523 0

Toshkent shahridagi “Oqtepa lavash” ovqatlanish majmuasining 14 ta filiali yopildi. Bu haqda “Sevimli” kanalida efirga uzatiladigan “Zamon” axborot dasturida maʼlum qilindi.

Avval xabar qilinganidek, Toshkent shahrida 4-iyun kuni 15 kishi, 7-iyunda 41 kishi ovqatdan zaharlangani, bunga “Oqtepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan fast fud mahsulotlari sabab boʻlishi mumkinligi aytilgandi.

Ushbu holat yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan. Ovqatlanish majmuasining barcha filiallarida tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?