Oʻqituvchilarning attestatsiyasi soddalashtirildi

17:50 16 May 2019 Jamiyat
265 0

Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qaroriga koʻra, pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari yanada soddalashtirildi.

Pedagog arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin. Ahamiyatlisi, ushbu attestatsiya natijalariga koʻra birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagoglarga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.

Ilmiy darajaga ega, yaʼni fan nomzodi, falsafa doktori yoki fan doktorlari attestatsiyaga jalb etilmaydi. Nafaqa yoshidagi pedagoglar esa oʻz xohishiga koʻra attestatsiyadan oʻtkaziladi. Mazkur jarayonga jalb etilmagan pedagoglarning mavjud malaka toifa va lavozimlari taʼlim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qoladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?