Oʻqituvchilar maktab formasida kelmaganligi uchun oʻquvchilarni darsga qoʻymaslikka haqlimi?

09:36 18 Sentyabr 2019 Jamiyat
955 0

Maktablarda oʻquvchilarni oʻrnatilgan tartibdagi kiyimda kelmaganligi uchun oʻquv muassassasiga kiritilmaslik holatlari uchramoqda. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlash lozimki, oʻquvchining tashqi koʻrinishiga qoʻyilgan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 666-sonli qarori, Xalq taʼlimi vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilarining odob-axloq qoidalari toʻgʻrisida” gi 2013-yil 28-fevralidagi 74-buyrugʻi va “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining ichki tartib qoidalarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2012-yil 7-iyundagi 177-buyrugʻi bilan belgilangan.

Oʻquvchilardan mazkur talablarni bajarish talab etiladi. Ota-onalar esa talablarning bajarilishini nazorat qilishlari lozim.

Shunindek, mazkur talablar bajarilmaganida oʻquvchilarni maktab hududiga yoki darsga kiritmaslik boʻyicha hujjatda hech qanday band koʻrsatilmagan.

Oʻquvchilarning maktab formasini kiyish yoki tashqi koʻrinish tartibiga rioya qilmasligi taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish, deb baholanadi. Bunday oʻquvchilarga quyidagi choralar qoʻllanishi mumkin:

  • ogohlantirish;
  • kundalik daftariga qayd etish;
  • tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;
  • fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va taʼlim muassasasidagi yigʻilishda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidanoʻrnatilgan talablarga rioya qilish boʻyicha joylardagi masʼullarga koʻrsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?